Jahon | 19:31 / 25.10.2015
5395
1 daqiqa o‘qiladi

Saakashvili saylov uchastkasiga velosiped minib keldi

Odessa viloyati gubernatori Mixail Saakashvili mahalliy o‘z-o‘zini idora qilish organlari uchun o‘tkazilayotgan saylovda ovoz berish uchun saylov uchastkasiga velosipedda keldi.

"Mixail Saakashvili ovoz berish uchun velosiped minib keldi", deb yoziladi Ukraina telekanalining feysbukdagi sahifasida.

Uning ko‘chada velosiped mingan holatda ketayotgani va saylov uchastkasi ichidagi suratlari internetda tarqalgan.

Bugun Ukrainada mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish organlari uchun saylovlar bo‘lib o‘tmoqda.

Ukraina IIV mamlakat bo‘ylab 237ta saylov uchastkasida byulletenlar bilan bog‘liq muammo tufayli saylovlar bo‘lib o‘tmaganini bildirgan.