Yamaha yuqori yengillikdagi sportkar yaratdi
Yamaha kompaniyasi Sports Ride Concept yuqori yengillikdagi sportkar prototipini yaratdi. Kontsept-kar Tokio avtosalonida namoyish qilindi.
Yangi mashinaning gabarit uzunligi 3900 mm, kengligi – 1720 mm, balandligi – 1170 mm. Ikki o‘rinli kupe massasi 750 kg ga teng.
Prototipni qurishga 5 oy sarflandi. U iStream texnologiyasi bo‘yicha ishlangan. Muhandis Gordon Myurrey tomonidan patentlangan ushbu texnologiya Motiv kontseptida ham ishlatilgan edi.
Tokioda 2 yil muqaddam ko‘rsatilgan Motiv kompakt-kari shisha-plastikli kuzovga ega bo‘lgan bo‘lsa, Sports Ride Concept’ning kuzov panellari karbondan yasalgan.
Kupening kuch qurilmasi haqida rasmiy ma'lumot yo‘q. U modernizatsiya qilingan 3 silindrli 1 l hajmli motorga egadir. Motiv ham u bilan komplektatsiya qilingan edi. Kompakt-karda uning quvvati 70-80 ot kuchiga ega edi.