Jamiyat | 21:15 / 01.11.2015
9971
2 daqiqa o‘qiladi

Germaniyada Gitlerga tegishli bo‘lgan kumush buyumlar sotuvga qo‘yildi

Germaniyaning Kirxxaym-unter-Tekk shahrida (Baden-Vyurtemberg yeri) tashkil qilingan auksionda Uchinchi reyx asoschisi Adolf Gitlerga tegishli bo‘lgan kumush ashyolar sotuvga qo‘yildi. Bu haqda Bild nashri xabar bergan.

Ma'lum qilinishicha, kim oshdi savdolari Andreas Thies uyi tomonidan o‘tkazilgan.

Auktsionga qo‘yilgan buyumlar orasida kumush barkash, kumush qadahlar va kumush portsigar bo‘lgan. Bu buyumlarning barchasiga Uchinchi reyx ramzlari va Adolf Gitlerga tegishlilikni bildirib turuvchi belgi tushirilgan.

Ushbu savdo vaqtida kumush qadah 1,8 ming yevrodan baholangan, kumush likopchalarning boshlang‘ich narxi esa 2,5 ming yevrodan qilib belgilangan. Portsigarga esa 25 ming yevro.

Shuningdek, ushbu savdolar davomida Gitlerning mahbubasi bo‘lgan Yeva Braunning pardoz buyumi ham qo‘yilgan va uning boshlang‘ich narxi 6000 yevro bo‘lgan.

Ushbu buyumlar oxir-oqibat qancha pulga sotilgani haqida ma'lumot berilmagan. Bu buyumlar shu vaqtgacha o‘z vaqtida Gitlerning qarorgohlaridan biri bo‘lgan "Bergxof" nomli uyida (Bavariyadagi tog‘larda) saqlanib kelgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish