Jahon | 11:39 / 07.11.2015
16118
1 daqiqa o‘qiladi

Foto: 100 xitoylik qiz shisha ko‘prik ustida yoga bilan shug‘ullanmoqda

Xitoyning Si xiyobonida qurilgan shisha ko‘prikda 5 noyabr kuni yuzta xitoylik qiz yoga bilan shug‘ullandi. Suratlarga Daily Mail nashri e'tibor qaratdi.

Uzunligi 300 metrni tashkil etgan va “Dovyuraklar ko‘prigi” deb nomlangan ko‘prik Xunan viloyatining Shinchjay xiyobonidagi ikki cho‘qqini bir-biriga birlashtirib turadi. Sayyohlar uning shisha pollari orqali 180 metr pastlikni tomosha qilishlari mumkin bo‘ladi.

Sentyabrda Xitoyning boshqa bir viloyati Xenanda xuddi shunday ko‘prik qurilgan edi. Oktyabr boshlarida esa, ko‘prikning Yuntay tog‘iga olib boruvchi, 1080 metr balandlikdagi qismida uning poli darz ketdi. Ko‘prik vaqtinchalik yopib qo‘yildi.