Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nursulton Nazarboyev qanday kitoblarni mutolaa qiladi? (Foto)
Oq o‘rda matbuot xizmati Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyevning kutubxonasi suratlarini tarqatdi. Suratlar saytning feysbukdagi rasmiy sahifasiga joylashtirilgan.

Suratlarda ko‘rinadiki, prezident kutubxonasidagi kitob javonlari jahon mumtoz adabiyoti, shuningdek, mashhur qozoq yozuvchilari asarlari bilan to‘ldirilgan.

"Qozog‘iston prezidenti nafaqat o‘zi kitob o‘qishni xush ko‘radi, balki boshqalarga ham o‘qish uchun vaqt ajratishni maslahat beradi", deyiladi Nur.kz nashri xabarida.

Nashrda eslatilishicha, 2 yil avval prezident shunday da'vat bilan yoshlarga murojaat qilgan va o‘zi tavsiya etadigan kitoblarni sanab o‘tgan edi.
"Ijtimoiy tarmoqlarga vaqt sarflagandan ko‘ra, ko‘proq o‘qish kerak. Internet hozir moda bo‘ldi. O‘z vaqtida xippi va stilyagi ham moda bo‘lgandi. Modalar o‘tkinchi. Bilim esa qoladi", degan o‘shanda qozoqlar Elboshisi.

O‘shanda Nazarboyev Seneka falsafasi tarafdori ekanini qayd etib o‘tgandi.