Jahon | 12:44 / 22.11.2015
31859
4 daqiqa o‘qiladi

Dunyodagi 16 ta eng ajabtovur daraxt

Daraxtlar karbonat angidrid gazini kislorodga aylantiradi, issiq kunlarda soya-salqin beradi, ko‘pgina jonivorlar uchun boshpana bo‘lib xizmat qiladi. Daraxtlarga biz hurmat va ehtirom bilan qarashimizga yana boshqa ko‘plab sabablar bor. Biroq bugun biz ularning go‘zal ko‘rinishlariga sizning e'tiboringizni qaratmoqchimiz.  

Quyida keltirilgan ko‘plab daraxtlar aslida daraxt emasligiga qaramasdan (misol uchun, glitsiniya – uzum o‘xshash chirmoviq o‘simlik, rododendron – buta, bambuk – o‘tli o‘simlik), ularning chiroyi va hayratlanarli o‘lchamlari bizni lol qoldiradi. Aynan daraxtlarning yuqoridagi xususiyatlari uchun ko‘chaga chiqib, toza havodan nafas olib, ularni quchib, ularga rahmat ayting! 

Kanadadagi 125 yillik rododendron

Bu 125 yillik rododendron o‘zining xususiyatlariga ko‘ra daraxt hisoblanmaydi. Ko‘pincha uni butasimonlarga kiritishadi. 

Yaponiyadagi 144 yillik glitsiniya

Bu o‘simlikning gajak novdalari 1990 kvadrat metr maydonga yoyilib ketgan.   

Yangi Zelandiyadagi shamollarga bag‘rini beruvchi daraxt

Yangi Zelandiyaning eng janubiy nuqtasi bo‘lgan Sloup-Poynt degan joyda o‘sadigan daraxtlar ularga doimiy ravishda shamol urib turgani uchun qiya burchak ostida o‘sadilar.  

Oregon shtatining Portlend shahrida o‘suvchi chiroyli yapon chinori

Oregondagi mox bilan qoplangan Antarktika qora qayini

Antarktika qora qayini odatda Chili, Argentinada o‘sadi, biroq bu qayin Amerikaning Tinch okeani hududida o‘sadi.

Germaniyaning Bonn shahridagi gullovchi olchalar

Bu Germaniyaning Bonn shahridagi gullovchi olchalardan tashkil topgan "tirik" tunnel o‘zining gullarini aprel oyida ochadi. 

Janubiy Karolinadagi eman

Bu 20 metr balandlikka ega bo‘lgan noyob daraxt sayyoramizda 400-500 yildan beri yashab kelmoqda.   

Braziliyadagi olov daraxt

Olov daraxtning vatani Madagaskar hisoblanadi, biroq hozirda bu daraxtni dunyoning deyarli barcha tropik hududlarida uchratish mumkin.

Yamandagi qizil dratsena

Bu dratsena o‘zining turli sohalarda foydalaniladigan to‘q qizil rangdagi yelimi tufayli shunday nom olgan. Misol uchun, uning yelimidan skripkalar uchun lak, tibbiy va alkimyoviy retseptlarning tarkibiy qismi sifatida ishlatiladi.  

Kaliforniyadagi Prezident sekvoyasi 

Kaliforniyadagi Milliy bog‘da o‘sadigan Prezident nomli sekvoyaning uzunligi 73 m ga, ko‘ndalang diametri 28 m ga yetadi. Bu sekvoya kattaligi bo‘yicha jahonda uchinchi o‘rinda turadi.  

Oregondagi zarang daraxtidan iborat bo‘lgan tunnel

Kauaidagi kamalak evkalipt (Gavayi orollari)

Kamalak evkalipt Janubiy Tinch okeani hududining barcha yerlarida o‘sadi hamda nafaqat rang-barangligi, balki foydaliligi bilan ham ajralib turadi. Uning rang-barang po‘stlog‘i ko‘zni quvontiradi hamda qog‘oz ishlab chiqarishda ishlatiladi.

Jakaranda, Kullinan, Janubiy Afrika

Bu juda chiroyli binafsha rang gullarga ega bo‘lgan ajoyib daraxt Janubiy Afrikada o‘sadi. 

Janubiy Karolinada joylashgan Diksi plantatsiyalaridagi eman xiyoboni    

Bu noyob xiyobondagi eman daraxtlari uzoq o‘tmishdagi 1790 yilda ekilgan.

Madagaskardagi baobab daraxtlari 

Baobablar qurg‘oqchilik paytida ishlatish uchun o‘z tanalarida suv yig‘adilar.

Shimoliy Irlandiyadagi qoramtir g‘ov daraxtlar

Shimoliy Irlandiyadagi qoramtir g‘ov daraxtlar 18 asrda ekilgan. Ularni ommaviylashgan "Taxtlar o‘yini" («Igra prestolov») seriali sahna ko‘rinishlarida uchratish mumkin.