Jahon | 18:57 / 29.11.2015
5978
1 daqiqa o‘qiladi

Polo o‘yini chog‘ida ot shahzoda Harrini ikki marta yiqitdi

Buyuk Britaniya shahzodasi Harri JARda o‘tgan xayriya polo o‘yini chog‘ida ikki marta otdan yiqildi. 28 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan voqea haqida BBC News xabar bermoqda.

Birinchi marta ot chavandozini boshi uzra otib yubordi. Harriga ziyon yetmadi, lekin u uzoqroqqa ketib qolgan otning ortidan o‘zi borishiga to‘g‘ri keldi.
Ikkinchi marta esa shahzoda o‘yin oxirida yiqildi. Harri buni hazilga yo‘yib, tomoshabinlarga ta'zim qildi.

Harri tarkibida to‘p surgan jamoa 7:8 hisobida imkoniyatni boy berdi.