Jahon | 16:09 / 06.12.2015
5020
1 daqiqa o‘qiladi
Angliya shimoli va Shotlandiya janubida kuchli suv toshqinlari ostida qoldi
Angliyaning shimolida va Shotlandiyaning janubida yuzlab kishilar kuchli yomg‘irlar va shamollardan keyin yuzaga kelgan suv toshqinlari tufayli o‘z uylarini tark etishga majbur bo‘lmoqda.
Hukumat qayta-qayta hududdagi xavflilik darajasi yuqori darajaga yetgani haqida ogohlantirmoqda.
Angliyaning shimoli-sharqiy grafliklarida o‘t o‘chirish xizmatlari hududdagi vaziyatni "misli ko‘rilmagan" deya baholagan. Ayni vaqtda bu hududda daryolar qirg‘oqlaridan toshgan.
Aholi yashaydigan hududlardagi ko‘chalardagi suv odam beli barobarida ko‘tarilgan.