Sport | 12:44 / 13.12.2015
9939
2 daqiqa o‘qiladi

Lui van Gaal "Bornmut"dan uchralgan mag‘lubiyatning asosiy aybdori nomini aytdi

"Manchester Yunayted" jamoasining bosh murabbiyi APLning 16-turida "Bornmut" jamoasiga qarshi safarda kechgan uchrashuvda uchralgan mag‘lubiyatda asosiy aybdor jamoa darvozaboni ekanini bildirdi.

U o‘yinning ikkinchi daqiqasida burchak nuqtasidan tepilgan to‘pni o‘tkazib yuborgan David De Xeani mag‘lubiyatning asosiy aybdori sifatida ko‘rsatgan.

"David De Xea mutlaqo jiddiy xatoga yo‘l qo‘ydi. Uning o‘zi ham buni mendan ko‘ra yaxshiroq biladi", deydi van Gaal.

Bundan oldinroq, murabbiy "Bornmut"dan mag‘lub bo‘lgan shogirdlarini maqtagandi.

"MYu" futbolchilari oxirgi 3 o‘yinning ikkinchi taymlarida darvozalarga bittadan ortiq zarba bera olishmagan.

"MYu" "Bornmut"ga 1:2 hisobida yutqazish orqali g‘alabasiz seriyasini 5ta o‘yinga yetkazdi.

Jamoa oxirgi g‘alabasini 21 noyabr kuni, "Uotford"ga qarshi o‘yinda (2:1) qayd etgandi. Shundan so‘ng "PSV" (0:0), "Lester" (1:1), "Vest Hem" (0:0), "Volfsburg" (2:3) jamoalari bilan o‘yinlarda ochko yo‘qotilgandi.

Ayni vaqtda jamoa, 16 tur o‘yinlari yakunlanmagan bir paytda turnir jadvalida 29 ochko bilan to‘rtinchi o‘rinda turibdi. Tur yakunida "Tottehem" jamoasida "MYu"ni quvib o‘tish imkoniyati mavjud.

"Manchester Yunayted" futbolchilari o‘tkazilgan 16ta o‘yinda 21ta gol urib, 12ta o‘tkazib yuborishgan.