Jahon | 12:00 / 13.12.2015
13650
1 daqiqa o‘qiladi

Made in Bangladesh yoxud Bangladesh bolalarining nursiz hayoti

Bangladesh jahondagi eng qashshoq mamlakatlardan biridir. Ammo shunga qaramay uning aholisi zich joylashgan.
Mamlakatdagi mehnat bozori juda arzon bo‘lib, qayd etilishicha, Bangladeshda butun Janubi-sharqiy Osiyo mintaqasi bo‘yicha eng kam ish haqi to‘lanadi. Shu bois jahon bo‘yicha brend hisoblangan kompaniya va fabrikalar o‘z ishlab chiqarishini shu yerda yo‘lga qo‘yishga harakat qiladi.
Bu yerda o‘n soatlik bir kunlik ish kuni uchun kattalarga 2 dollar, kichik yoshdagilarga esa 90 sent to‘lashadi.


Hisob-kitoblarga ko‘ra, Bangladeshdagi fabrika va zavodlarda 10 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan million nafar bola ishlaydi.


Mabodo kiyimingizda “Made in Bangladesh” yorlig‘ini ko‘rsangiz buni o‘z mehnati evaziga 10 sent oluvchi 60 foiz 12 yoshli bolalar yopishtirgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish