Jahon | 13:59 / 19.12.2015
8949
1 daqiqa o‘qiladi

Ashxobodda yangi xalqaro aeroportning qurilishi 2016 yilda yakunlanadi

Shu yil dekabrining boshida Ashxobodda uchish chizig‘i, aviatsion-dispetcherlik minorasi va boshqa obektlar foydalanishga topshirildi. Ular yangi qurilayotgan xalqaro aeroport infrastrukturasini tashkil etadi. Qurilish 2016 yilda to‘laligicha yakunlanadi.

Yangi aeroport Turkmanistonning asosiy havo darvozalariga aylanishi kutilmoqda.
Ushbu loyiha “2012-2030 yillarda Turkmaniston fuqarolik aviatsiyasini rivojlantirish milliy dasturi” doirasida amalga oshirilmoqda. Ashxobod xalqaro aeroportining qurilish ishlari 2013 yildan boshlandi, deb xabar beradi Turkmaniston davlat axborot agentligi.
Yangi havo sarhadining o‘tkazish qobiliyati soatiga 1 600 kishini, yiliga 14 mln kishini tashkil etishi kutilmoqda. Loyiha qiymati – 2.2 mlrd dollar.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish