Jahon | 15:00 / 19.12.2015
27713
1 daqiqa o‘qiladi

Dunyodagi eng katta samolyot Olmaota aeroportiga kelib qo‘ndi

18 dekabr kuni Olmaota xalqaro aeroportiga dunyodagi eng katta samolyot bo‘lmish An-225 “Mriya” kelib qo‘ndi. Buni kuzatgan blogerlar o‘z taassurotlari bilan Yvision platformasi orqali o‘rtoqlashishdi.

Avialaynerning uzunligi 84 m ni tashkil qiladi. 285 tonnali samolyotning tezligi 850 km/soatga yetadi. An-225 “Mriya” transport reaktiv samolyoti Kiyev mexanika zavodida 1984-1988 yillarda qurilgan.

Bugungi kunda u dunyoning eng katta samolyoti hisoblanadi. Bunday samolyotni faqat Olmaota aeroporti qabul qilishi mumkin, negaki u “Bo‘ron” loyihasi doirasida maxsus qurilgan. 2011 yilda esa shahar aviaporti havo sharoitlari tufayli yopilmaydigan manzil sifatida IIIB ICAO kategoriyasiga ega bo‘ldi.