Jamiyat | 11:08 / 20.12.2015
25155
3 daqiqa o‘qiladi

Bizga qachonlardir bitmas-tuganmas zavq bergan narsalar

Agar bolaligingiz 80-90-yillarda o‘tgan bo‘lsa, unda eslashga arzigo‘lik xotiralar talaygina topiladi sizda. Davrlar shu darajada tez o‘zgarib ketdiki, xuddi sizu biz bir necha zamonlarni yashab o‘tganday bo‘lib qoldik.
Bolaligimiz ajoyib va telbanamo o‘tgan. Ularni mana bu buyumlar orqali ham bilib olamiz:


Bolalikdagi qo‘l yuvgich
Bu qurilmani esdan chiqarish qiyin...


Xo‘rozqand
Uning nafaqat mazasidan zavqlanganmiz, balki o‘zimiz ham tayyorlab ko‘rganmiz.


Qorasaqich
“Tishing qop-qora bo‘ladi”, deyishardi. Ammo bu bizni to‘xtatib qolganmidi?..


Mazasi bisyor shirinliklar
M-m-m, bu mazani esdan chiqarish qiyin.


Winamp
Musiqalarni qanday eshitganimizni bir yodga olib ko‘ring-a!


Birinchi avtosimulyator
Mana shu o‘yinchoqni o‘ynash uchun do‘stimiznikiga mehmonga borganmiz.


Skrepkalardan parda
Bu pardalarni ko‘plab xonadonlarda uchratish mumkin bo‘lgan.


Kamalak
Uni kun bo‘yi o‘ynash mumkin edi.


G‘alati narsa
Bu narsaga ko‘chada har kuni duch kelish mumkin edi.


Uning mazasi yodingizdami?
Uning shakli nega bundayligini bilasizmi? Axir bu mashina shinalarining izi-ku?!

Bobil minorasi

Bu boshqotirmani yechish uchun qanchadan-qancha bosh qotardi.


“Dendi”
Uni ota-onalarimizdan yashirincha o‘ynaganimiz-chi? Rangli televizorimiz buzilib qolishidan cho‘chimasdik ham.


Xo‘roz yoki tovuq?
Yozgi muhokamalarning boshlanishi.


Issiqqina bosh kiyimlar
Unda boshimiz va bo‘yinlarimiz sira sovuqqotmas edi.


Birinchi sichqonchalar
Biz uni qo‘limizdan kelganicha tozalar edik.


Xazil belgichalar
Buni hamma ham eslay olmasa kerak? Yoki bunday emasmi?..


Uy lotosi
Oilaviy eng zo‘r o‘yinlardan biri edi.


Kompyuter klublari
Zamonaviy gadjyetlar har birimizning hayotimizga kirib keldiyu, g‘ala-g‘ovurli bu joylar unutildi. Balki qayerlardadir hali ham bordir?..

Montana soatlari
Uni maqtash uchun har birimiz qo‘limizni hammaga ko‘rsatga holda kekkayib yurar edik.