Jahon | 21:51 / 20.12.2015
3540
1 daqiqa o‘qiladi

Volgograddagi turar joy binosida chiqqan yong‘in bartaraf etildi

Volgogradda 9 qavatli turar joy binosida gaz portlashi oqibatida chiqqan yong‘in bartaraf etildi, deb xabar berilmoqda viloyat favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi rasmiy saytida.

“Soat 16.04 holatiga ko‘ra, yong‘in bartaraf etildi. Ayni paytda ba'zi yong‘in o‘choqlariga suv sepilmoqda”, deb aytilmoqda xabarda.

Ta'kidlanishicha, ayni payt qutqaruvchilar vayronalar uyumini tozalashni boshlashgan.

Avvalroq uy vayronalari ostida 4 kishi qolib ketgan bo‘lishi mumkinligi aytilgandi.

Portlash oqibatida bir pod'yezddagi 1-qavatdan 9-qavatgacha barcha uylar qulab tushgan. Yong‘in chiqqandan keyin yana bitta portlash sodir bo‘lgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish