Jahon | 17:08 / 30.12.2015
4495
2 daqiqa o‘qiladi

AQShda Rojdestvo arafasida giroskuter sotilishining ko‘payishi janjal keltirib chiqardi

Yaqinda bo‘lib o‘tgan Rojdestvo bayrami arafasida AQShda giroskuterlar (o‘zini muvozanatga soluvchi skuter) ko‘plab xarid qilindi. Ta'kidlanishicha, amerikaliklar bir-biriga shu kunlarda ko‘plab giroskuterlar sovg‘a qilgan.

Ma'lum bo‘lishicha, ko‘plab foydalanuvchilar skuter boshqaruvini eplay olmagan, buning oqibatida jarohat olganlar soni ko‘p bo‘lgan. Bunday holatlar aks etgan videoroliklar internetga joylashtirib borilmoqda. Jarohat olganlar sirasida mashhur bokschi Mayk Tayson ham bor.
2014 yilda AQShdagi eng mashhur Rojdestvo sovg‘asi dron bo‘lgan edi; 2015 yilda uning o‘rnini skuterlar egalladi.

CyBoard amerikaliklar tomonidan “xoverbord” deb ataladi, lekin bu transport vositasi aslida havoda muallaq turadigan skeytbordga nisbatan ko‘proq segveyga yaqin turadi.

CyBoard qo‘lsiz — tovonlarni u yoq-bu yoqqa egish yo‘li bilan boshqariladi. Rojdestvo kuni ko‘p amerikaliklar uni amalda sinab ko‘rmoqchi bo‘lishgan, lekin boshqara olmay, yiqilgan.