Jamiyat | 08:17 / 30.12.2015
7511
1 daqiqa o‘qiladi
Bloomberg Putin va Kerri o‘rtasidagi suhbat tafsilotlarini oshkor qildi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin va AQSh Davlat kotibi Jon Kerri o‘rtasida bo‘lib o‘tgan muzokaralar davomida Putin Suriya prezidenti Bashar Asadning 2017 yildagi prezidentlik saylovlariga qo‘ymaslikning iloji yo‘qligini aytdi, deb xabar bermoqda vaziyatdan xabardor manbalarga iqtibos keltirgan holda Bloomberg agentligi.
Putin Asad saylovlarda qatnashsa, yutishini aytgan. Kerri Putinning bu fikriga qo‘shilmagan.
Ta'kidlanishicha, AQSh hukumati, Asadning iste'foga ketishini talab qilayotgan Obama ma'muriyatining so‘zlariga zid kelishiga qaramasdan, Asadning prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozonishi imkoniyatini ancha kamaytiradigan ovoz berish qoidalarini ishlab chiqish bilan shug‘ullanmoqda.