Fan-texnika | 17:50 / 04.01.2016
5393
1 daqiqa o‘qiladi
CES 2016: yangi Lenovo X1 Carbon biznes-noutbugining taqdimoti
Lenovo kompaniyasi CES 2016 xalqaro elektronika ko‘rgazmasi doirasida yangi avlod X1 Carbon noutbukining taqdimotini o‘tkazdi. Uning savdosi keyingi oydan boshlanadi.
Portativ kompyuter tadbirkor foydalanuvchilar uchun mo‘ljallangan. U oltinchi avlod Intel Core i7 protsessori bilan ta'minlangan. Operativ xotira 16 Gbayt; doimiy xotirasi esa 1 Tbaytgachani tashkil etadi.
Noutbukka 14 dyuymli IPS matritsali displey o‘rnatilgan. Videosistema esa integratsiyalangan Intel 520 HD Graphics grafik kontrolleridan tarkib topgan.
Yangi mahsulot USB 3.0 (×3), OneLink+, miniDisplayPort, HDMI interfeyslari, microSD kartalari uchun slot, barmoq izi skaneri bilan bilan ta'minlangan.
2016 model yilida X1 Carbon noutbukining narxi 1300 dollarni tashkil etadi.