Fan-texnika | 20:02 / 06.01.2016
5205
2 daqiqa o‘qiladi

BMW avtomatik boshqariladigan rodster prototipini namoyish etdi

BMW kompaniyasi Las-Vegasda o‘tayotgan CES-2016 ko‘rgazmasida i Vision Future Interaction haydovchisiz boshqariladigan avtomobil prototipini namoyish etdi. i8 Spyder kontseptual rodsteri negiziga qurilgan yangi mashina avtonom boshqariladigan mashinalar intereri qanday ko‘rinishga ega bo‘lishi mumkinligini namoyish etib beradi.

Kontsept-kar yangi avlod proyektsion displeyiga ega bo‘ldi. Ushbu displey harakat tezligi, tezlik cheklovlari, navigator ko‘rsatkichlarini aks ettiradi.

Old panelda katta 21 dyuymli ekran joylashib, u yo‘l sharoitlari hamda harakatning boshqa ishtirokchilari haqidagi axborotni aks ettiradi. Mashina butunlay avtonom harakatlanganida ekran orqali filmlar ko‘rish yoki internetga kirish mumkin bo‘ladi.

Oldinda imo-ishoralarni tanish datchiklari o‘rnatilgan bo‘lib, ular qo‘l harakatlari asosida boshqaruvni belgilab beradi.

BMW i Vision Future Interaction uch rejimda harakatlanadi: Pure Drive, Assist Mode va Auto Mode. Birinchi holatda boshqaruv haydovchi nazorati ostida bo‘ladi, ikkinchi rejimda bir qator yordamchi tizimlar ishga tushiriladi. Nihoyat, uchinchi rejimda mashina mustaqil harakat qiladi: elektronika rul boshqaruvini, akselerator va tormozni nazorat qiladi. Bu rejimda rul gardishida ko‘k rangli datchiklar yonadi, ular mashina haydovchi boshqaruvisiz o‘ta olmaydigan yo‘l uchastkalariga yaqinlashganida qizil tusga kiradi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish