Jamiyat | 14:14 / 10.01.2016
35388
1 daqiqa o‘qiladi
Toshkent ko‘chalarida Betmen paydo bo‘ldi
Toshkent ko‘chalarida o‘ziga xos libosda, shoxli shlemda va zamonaviy mototsiklda kezib yurgan bayker internet foydalanuvchilarining diqqatini o‘ziga tortdi. Facebook’dagi “Voditeli Tashkenta” guruhida uning ishtirokida ko‘plab suratlar va hatto videoroliklar paydo bo‘la boshladi.
Ushbu noma'lum “Betmen” o‘z mototsiklida shaharning turli burchaklarida paydo bo‘lgan, va ko‘pgina foydalanuvchilar uni suratga olishga ulgurgan. Katta ko‘chalardan tashqari, uni mahallalar ichida va yoqilg‘i quyish shoxobchasida obektivga tutib olishgan.
Diqqatga sazovor qiyofa yarata olgan bu shaxs kimligi hozircha oshkor etilmayapti.