Sport | 09:13 / 12.01.2016
10852
3 daqiqa o‘qiladi

«Oltin to‘p» taqdimotidan fotoreportaj

11 yanvar kuni FIFAning Tsyurixdagi shtab-kvartirasida tashkilotning yillik taqdimoti o‘tkazildi. Marosimda 2015 yilning eng yaxshi futbolchisi nomi ham e'lon qilindi va unga «Oltin to‘p» mukofoti topshirildi.

Marosim yakunida, "Eng yaxshi murabbiy", "Yilning eng chiroyli goli", "Yilning eng yaxshi ayol futbolchisi", halol o‘yin uchun Fair Play mukofoti egasi hamda "Yil ramziy terma jamoasi" e'lon qilinganidan keyin 2015 yilning eng yaxshi futbolchisi sifatida "Barselona"ning argentinalik hujumchisi Lionel Messi nomi aytildi. Shu tariqa, u o‘z faoliyatida beshinchi marta «Oltin to‘p» egasiga aylandi.

«Oltin to‘p»ga nomzodlarni FIFA hamda France Football jurnali hamkorlikda aniqladi. Ular 23 familiyadan iborat ro‘yxatni tuzishadi, shundan so‘ng ovoz berish boshlanadi, unda terma jamoalarning bosh murabbiylari, jamoa sardorlari va nufuzli sport jurnallari ishtirok etadi.

FIFA matbuot xizmati axborotiga ko‘ra, milliy terma jamoalarning murabbiylari, sardorlari va matbuot kotiblari o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnoma yakunlariga ko‘ra, Lionel Messi 41,33 foiz, Madridning "Real" klubi hujumchisi, portugaliyalik Krishtianu Ronaldu 27,76 foiz, Messining klubdoshi, braziliyalik Neymar esa 7,86 foiz ovoz to‘pladi.

«Oltin to‘p» egasi nomi hali e'lon qilinmagan vaqtda

 Lionel Messidan dastxat olishmoqda

Dastxat ulashayotgan Ronaldu

Antiqa shlyapasi bilan o‘zgacha taassurot qoldirgan Neymar

Antiqa kostyumi bilan barchaning nigohini o‘ziga qaratgan Pogba

Yil ramziy terma jamoasi

Marosim boshlovchisi Jyeyms Nesbitt bilan selfi

 

Yilning eng yaxshi ayol futbolchisi — Karli Lloyd

Messi beshinchi marta «Oltin to‘p» sohibi

Messi Ronalduning tabrigini qabul qilmoqda 

Neymardan tabrik

2015 yilning eng yaxshilari