Jamiyat | 01:11 / 21.01.2016
5134
1 daqiqa o‘qiladi

Amerikalik ayol umri davomida 28 ming mushukka boshpana berdi

O‘zini “mushuklarning ashaddiy muxlisi” deb ataydigan 67 yoshli Lini Lattanzio o‘zining uyidan 1100 dan ko‘proq mushukka boshpana bergan.

Ayolning aytishicha, u butun umri davomida 28 mingga yaqin mushukka boshpana bergan. Uning bu “qiziqishi” 1992 yilda uning otasi unga bir nechta mushuk bola topib berishni so‘raganida boshlangan. Ayol mushuklar saqlanadigan boshpanaga borib, uyiga 15 ta mushukchani olib kelgan. O‘sha yili u 96 ta mushukni saqlab qolgan.

Hozirda ayol mushuklarga tashkil qilgan boshpana shunchalik kattaki, uning o‘z xodimlari bor. Yiliga mushuklarni saqlash uchun 1,6 mln dollar sarflanadi. Ayol mushuklarni o‘zida ushlab turishdan ko‘ra ularga yangi uy topib berishga harakat qiladi.