Jamiyat | 20:38 / 23.01.2016
4333
2 daqiqa o‘qiladi

Yengil motorli samolyot Moskva viloyatidagi shossega favqulodda qo‘nishga majbur bo‘ldi

“Vilga-35” rusumidagi yengil motorli samolyot Moskva viloyatining Yaroslavskoye shossesiga favqulodda qo‘nishga majbur bo‘ldi. Bu haqda 23 yanvarda TASS axborot agentligiga huquq-tartibot muassasalari vakili xabar berdi.

Bunga samolyot dvigatelining ishlamay qolgani sabab bo‘lgan. Voqea oqibatida hech kim jabrlanmagan. Politsiyada ta'kidlanishicha, samolyot shossedagi transport harakatiga xalaqit qilmagan.

Voqea joyida Davlat avtomobil nazorati xodimlari ish olib borishgan hamda samolyotni evakuatsiya qilish masalasini hal qilishgan.

Avvalroq 23 yanvarda Moskvaning Vnukovo aeroportiga Stavropolga uchib ketayotgan Il-76 yuk samolyoti favqulodda qo‘ngani ma'lum qiingandi. Moskvadan havo ko‘tarilgan samolyot ekipaji samolyot bortida dvigatelning ishlamay qolgani sababli avariyaviy signalizatsiya ishlab ketgani uchun ortiga qaytishga qaror qilgan.

“Vilga-35” samolyoti 4 kishiga mo‘ljallangan bo‘lib, yo‘lovchilarni tashish, planerlarni shatakka olish va parashyutchilarni tashlashga mo‘ljallangan.