Sport | 21:20 / 31.01.2016
2920
1 daqiqa o‘qiladi

"Yuventus" Italiya chempionatida ketma-ket 12 g‘alabani qo‘lga kiritdi

"Yuventus" Italiya A seriyasining 22-turida mehmonda "Kevo"ni tor-mor etdi. Uchrashuv Veronada "Mark-Antonio Bentegodi" stadionida bo‘lib o‘tdi hamda turinliklarning 0:4 hisobidagi yirik g‘alabasi bilan yakunlandi. "Yuve" shu tariqa chempionatdagi ketma-ket 12-g‘alabasini qo‘lga kiritdi.

Uchrashuvda Alvaro Morata dubl qayd qildi, Aleks Sandro va Pol Pogba o‘z hisoblariga bittadan to‘p yozib qo‘yishdi.

"Yuve" 48 ochko to‘plagan holda musobaqa jadvalining 1-o‘riniga ko‘tarilib oldi. 2-o‘rinda borayotgan "Napoli" "Yuve"dan bir ochko ortda qolmoqda, biroq zaxirada bitta o‘yinga ega. "Kevo" 27 ochko bilan 10-o‘rinni egallamoqda.

Italiya A seriyasi. 22-tur
Kevo – Yuventus – 0:4
Gollar: Morata, 6 (0:1); Morata, 40 (0:2); Sandro, 61 (0:3); Pogba, 67 (0:4).