Sport | 19:02 / 03.02.2016
5412
1 daqiqa o‘qiladi

Filipe Luis Messiga ishlatgan qo‘polligi uchun 3ta o‘yinga diskvalifikatsiya qilindi

Ispaniyaning «Atletiko» klubi himoyachisi Filipe Luis 3ta uchrashuvga chetlashtirildi. Bu haqda Sport.es nashri xabar tarqatdi.

Musobaqalarni o‘tkazish qo‘mitasi Ispaniya chempionatining «Barselona»ga qarshi uchrashuvidan (1:2) keyin o‘yinning videoyozuvini ko‘rib chiqqan holda shunday qarorga kelgan.

Eslatib o‘tamiz, uchrashuvning 44-daqiqasida «Atletiko» himoyachisi Lionel Messiga nisbatan o‘ta qo‘pol o‘ynagani uchun qizil kartochka olib maydonni tark etgandi.

Shunday qilib, Filipe Luis «Eybar», «Xetafe» va «Vilyarreal» jamoalariga qarshi uchrashuvlarni o‘tkazib yuboradi.