Jahon | 21:10 / 05.02.2016
14310
1 daqiqa o‘qiladi
Internetda Halab aholisi hujum xavfi ostida shaharni tashlab qochayotgani tasviri paydo bo‘ldi
Suriyaning muxolif kuchlar nazoratida bo‘lgan Halab shahri aholisi hukumat qo‘shinlarining qamalga kirishishi haqidagi xabarlardan keyin hududni ommaviy tarzda tark eta boshladi. Bu jarayon tasvirlangan videoda minglab keksalar, ayollar va bolalardan iborat kishilar yo‘llarda ketayotgani ko‘rinadi. Ularning bir qismi ayni vaqtda viloyat chegarada to‘xtatib turilibdi.
Bundan oldinroq, Suriya armiyasi Rossiya samolyotlari yordamida tez orada shaharni qamal qilishni boshlashi haqida xabar berilgandi.