Jamiyat | 19:15 / 08.02.2016
16876
1 daqiqa o‘qiladi

Dunyoning eng do‘mbillagan o‘smiri birinchi marta yura oldi

Dunyodagi eng semiz o‘smir deb tan olingan saudiyalik bola shifoxonada davolanganidan so‘ng yuzlab kg vazn yo‘qotib, ilk qadamlarini tashlay oldi. O‘smirning vazni davolanishga qadar 610 kg ni tashkil qilgan.

Ajel gazetasining xabar berishicha, 17 yoshli Xolid Muhsin Shairiyning ishtirokidagi videolavha chop etilgan bo‘lib, unda bola odamlardan yordam so‘ragan edi.

Janubiy Jazan viloyatida yashovchi yigitchaga ko‘rsatilgan tibbiy yordamdan so‘ng u vaznining uchdan ikki qismidan qutulgan. Ya'ni u 290 kg ortiqcha vazndan xalos bo‘lib, hozirda uning vazni 320 kg ni tashkil qilmoqda.

Aytilishicha, o‘smirni ko‘tarish uchun shifoxonaning 30 xodimi jalb qilingan. So‘ng u AQShdan keltirilgan maxsus kranda vertolyotga yuklanib, Riyodda shifoxonaga yotqizilgan.