Jamiyat | 10:27 / 08.02.2016
11766
1 daqiqa o‘qiladi
Finlyandiyalik o‘t o‘chiruvchi 5050 marta turnikda ko‘tarilib, dunyo rekordini o‘rnatdi
Finlyandiyalik o‘t o‘chiruvchi Yoonas Myakipelto 5050 marta turnikda tortilib dunyo rekordini yangiladi. Bu haqda Yle nashri xabar tarqatgan.
Unga bu natijani ko‘rsatish uchun 18 soat kerak bo‘lgan. Yoonas o‘zidan oldingi rekorddan yaxshiroq natija ko‘rsatish uchun 5 marta ko‘p tortilgan. Finning aytishicha, u avvaliga 6000 martalik natijani qayd etish maqsadida bo‘lgan, lekin jarayon davomida olingan jarohati (sakkizinchi soatda) bunga xalal bergan.
2015 yilning dekabrida ham krasnoyarsklik 54 yoshli atlet Nikolay Kaklimov 12 soat davomida 4989 marta turnikda ko‘tarilib, dunyo rekordini o‘rnatgandi. U o‘shanda chexiyalik Yan Karesning rekordini (4654 marta) yangilagandi.