Fan-texnika | 20:04 / 11.02.2016
3367
1 daqiqa o‘qiladi

San-frantsiskolik talabalar stratosferaga 5 ta kamera o‘rnatilgan havo sharini uchirishdi

10 fevralda Night Crew Labs guruhi 5 ta kamera o‘rnatilgan havo sharini 27 km balandlikka uchirgani haqida ma'lum qildi. Guruh ishtirokchilari 5 ta kamera, jumladan Sony a7S, Galaxy S5 smartfoni va GoPro Hero 4’ni 3D-printerda bosilgan maxsus taglikka qotirib, USB-akkumulyatorga ulashdi.

Moslama havo sharida stratosferaga ko‘tarilib, so‘ngra uchirilgan joyidan 160 km uzoqlikdagi joyga maxsus parashyutda qo‘ndirildi, Night Crew Labs esa parvozning birdaniga 5 ta rakursdan olingan videoyozuvini oldi.