Internetda eng katta kruiz laynerining fotosi paydo bo‘ldi
Internetda yer yuzida eng katta kruiz layneri fotosi paydo bo‘ldi. Uning qurilishi San-Nazer (Fransiya) shahri, STX kemalar yig‘ish idorasida yakuniga yetkaziladi. Gulf news nashri xabar berishicha, u Harmony of the Seas nomini oladi.
The Mirror ma'lumotlariga ko‘ra, Royal Carribean International kompaniyasiga tegishli laynerning qurilishi uch oydan keyin tugatilishi kerak. Unda xizmat ko‘rsatuvchi guruh va yo‘lovchilarni qo‘shib hisoblaganda 8.8 ming odam joylasha oladi. Ma'lum qilinishicha, layner Oasis of the Seas va Allure of the Seas laynerlaridan 33 sm ga uzunroq va va biroz kengroq bo‘ladi.
Bunlan tashqari, layner boshqa yirik laynerlarga qaraganda samaraliroq bo‘ladi, chunki unda dvigatel tuzilishi yaxshilanib, diodli yoritish moslamalaridan foydalanilgan.
Harmony of the Seas 20 may kuni Sauthemptonga yetib keladi, 29 may kuni esa o‘zining birinchi safariga, Barselona shahriga otlanadi. Yoz bo‘yi O‘rta Yer dengizida bo‘lib, layner AQSh va Karib havzasiga qarab yo‘l oladi.