Jamiyat | 18:36 / 25.02.2016
4286
1 daqiqa o‘qiladi
Aviakompaniya yo‘lovchilariga 150 bepul chipta taklif qildi
Bostondan Finiksga uchish chog‘ida JetBlue aviakompaniyasi ijtimoiy tajriba o‘tkazdi. Yo‘lovchilarga aviakompaniya uchadigan 21 mamlakatdan istalganiga tekin chipta taklif qilindi. Lekin bir shart bilan: ular qayerga uchish haqida bir qarorga kelishlari lozim.
Uzoq tortishuvlardan so‘ng ikki guruhga bo‘lindilar: Terks va Kaysos orollari yo‘nalishi va Kosta-Rika yo‘nalishi. Ovoz berish yo‘li bilan ikkinchi variant tanlangan va yo‘lovchilar baxtli chiptalarni qo‘lga kiritishdi.