Jahon | 00:35 / 26.02.2016
19510
3 daqiqa o‘qiladi

Amir Temur qo‘mondonlarining dunyoda birinchi biografiyasi tiklandi

Rossiyaning Novosibirsk Davlat universiteti (NDU) mutaxassislari dunyoda birinchi bo‘lib sohibqiron Amir Temurning 12 nafar eng kuchli qo‘mondonining harbiy biografiyalarini tiklashdi. Bu haqida NDUning gumanitar tadqiqotlari labotoriyasining ilmiy xodimi, tadqiqot mualliflaridan biri Leonid Bobrov xabar berdi.

“Dunyo ilmida faqatgina buyuk shaxslar – Napaleon va Chingizxonni emas, balki, ularning qo‘mondonlarini ham o‘rganishadi. Napaleonning marshali, Chingizxonning bosh harbiy qo‘mondoniga bag‘ishlangan yuzlab ishlar bor. Lekin sharqning eng buyuk sohibqironi Temurning qo‘mondonlari haqida hech qanday ish bo‘lmagan”, - deya olimning so‘zlarini keltiradi TASS agentligi.

Bobrovning so‘zlariga ko‘ra, bunday ishlarning yo‘qligiga sabab, birinchi o‘rinda siyosatchi va davlat arbobi, keyin esa qo‘mondon sanalgan Chingizxondan farqli o‘laroq, Amir Temur o‘zining barcha ittifoqchilarini asrab, ko‘plab yurishlarni shaxsan o‘zi amalga oshirgan. Mavjud manbalarni izchillik bilan o‘rganish natijasida shu narsa ma'lum bo‘ldiki, ko‘plab samarali harbiy kampaniyalarni Temur katta ishonch bildirgan qo‘mondonlar amalga oshirishgan.

“Ayni damda biz o‘rganayotgan ish shu insonlarning biografiyasiga qaratilgan. Ular orasida hozirgi harbiylarga ham chinakamiga namuna bo‘la oladigan atoqli qo‘mondonlar bo‘lgan. Ularning tarjimai holi XIV asrning eng kuchli armiyasida harbiy tushuncha qanday rivoj topganini bilib olish mumkin”, - deya qayd etdi tarixchi.

O‘n ikki qo‘mondon 
Bobrovning so‘zlariga ko‘ra, Sohibqiron qo‘mondonlarini uch guruhga bo‘lish mumkin.

Birinchi guruh, bu “iqtidorli qo‘mondonlar” bo‘lib, sohibqironning o‘zi ularda iqtidorni qo‘rib tanlab olgan insonlar.

Ikkinchi guruh, “mansab bo‘yicha qo‘mondonlar”. Bu harbiy amaldorlar Temur qo‘mondonlarining qo‘shini va mansabini meros qilib olgan farzandlar hisoblanadi.

Uchinchi guruh esa “tug‘ma qo‘mondonlar”. Temurning o‘zi tomonidan tarbiya va ta'lim berilgan merosxo‘rlari.

Novosibirsklik tarixchilarning kitobi 2016-2017 yillarda chop etiladi va u Jahonshoh-bahodirga bag‘ishlanadi.

Ularning fikricha, bu kitoblar o‘zbek va qozoq tarixchilariga qiziqarli bo‘ladi. Chunki qo‘mondonlarning avlodlari hozirgi kundagi Qozog‘iston va O‘zbekistonda istiqomat qilishadi.