Jahon | 07:33 / 26.02.2016
6071
2 daqiqa o‘qiladi

AQShdagi eng ishonchli avtomobillar reytingi e'lon qilindi

J.D.Power and Associates agentligi AQShdagi eng ishonchli avtomobillar reytingini e'lon qildi. Kompaniya bunday tadqiqotni 27-marta o‘tkazmoqda. Reytingni tuzishda ekspertlar 2013 yilda ishlab chiqarilgan avtomobillar egalari o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazishdi. Haydovchilarni ularning mashinalari bilan oxirgi 12 oy ichida yuzaga kelgan asosiy muammolarni aytishni so‘rashdi. Ishonchlilik darajasi biror markaning 100 ta avtomobiliga to‘g‘ri keladigan nosozliklar miqdori bilan aniqlandi.

Reytingda 1-o‘rinni Lexus avtomobili egalladi (100 ta avtomobilga 95 ta nosozlik). 2-o‘rinni Porsche (97 ta nosozlik), 3-o‘rinni esa Buick (106 ta nosozlik) egalladi. Undan keyingi o‘rinlarni Toyota (133 ta nosozlik) va GMC (120 ta nosozlik) egalladi.

J.D.Power and Associates ekspertlarining ta'kidlashicha, AQShda haydovchilar ko‘proq mashinalarning ko‘rinishi bilan bog‘liq muammolardan shikoyat qiladilar. Shu bilan birga, dvigatel va transmissiyalardagi nosozliklardan shikoyatlar miqdori kamaygan. Shuningdek, Bluetooth orqali mobil telefonni ulash funksiyasi nosoz ishlashi ham qayd qilingan. Haydovchilar, shuningdek, audiotizim, navigatsiya, klimat-kontrol va axborot-ko‘ngilochar tizimi ham yetarlicha soz ishlamasligidan shikoyat qilishgan.

O‘tgan yilning yozida agentlik avtomobillar egalari o‘rtasida amerikaliklar qanday mashinalarni eng yaxshi hisoblashlarini bilish maqsadida so‘rovnoma o‘tkazgandi. Hammasi bo‘lib ovoz berishda 85 ming haydovchi ishtirok etgan. So‘rovnoma natijalariga ko‘ra, ko‘pchilik haydovchilar Porsche mashinalarini afzal deb bilishgan. Nemis markasi 1000 balldan 874 ball to‘plagan.

Avtomobillarning markalar bo‘yicha ishonchlilik reytingi