Iqtisodiyot | 10:40 / 28.02.2016
6400
1 daqiqa o‘qiladi
"O‘zqurilishmateriallari" AKga yangi rahbar tayinlandi
"O‘zqurilishmateriallari" aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvi raisi tayinlandi.
"O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 18 fevraldagi 44-sonli qaroriga asosan, Rustam Ilyasovich Ayxodjayev “O‘zqurilishmateriallari” aksiyadorlik kompaniyasi Boshqaruvi raisi lavozimiga tayinlandi", deyiladi tashkilot sayti xabarida.
Rustam Ayxodjayev "O‘zqurilishmateriallari" aksiyadorlik kompaniyasi Boshqaruvi raisi lavozimiga tayinlanishidan oldin, "Qizilqumsement" aksiyadorlik jamiyati bosh direktori lavozimida ishlagan.