Jamiyat | 23:14 / 29.02.2016
12464
2 daqiqa o‘qiladi

Moskva musulmonlari enaga tomonidan amalga oshirilgan vahshiy qotillikni islom bilan bog‘lamaslikni so‘radi

Moskvaning g‘arbida o‘zbekistonlik muhojir Gulchehra Boboqulova tomonidan sodir etilgan vahshiy qotillik islom bilan bog‘liqlik keltirib chiqarmasligi kerak. Bu haqda Moskva musulmonlari diniy boshqarmasi muftiysi, Moskva jome' masjidi bosh imomi Ildar Alyautdinov bergan bayonotda aytilmoqda.

"Gap umuman ong-shuursiz shaxs haqida ketmoqda, shuning uchun kiyim-bosh yoki qandaydir shiorlar asosida qandaydir qilmishlarni musulmonlar yoki islom bilan bog‘lash mutlaq noto‘g‘ridir", deb aytdi Moskva muftiysi. Uning fikricha, bolaning qotilligida ayblanayotgan ayol ruhiy kasallikdan aziyat chekadi.

Alyautdinov marhum bolaning oilasiga hamdardlik bildlirdi va "har qanday musulmon bu jinoyatni o‘zining shaxsiy fojiasi deb qabul qilishini" aytdi.

29 fevral ertalabki payt Moskvadagi Narodnoye Opolcheniye ko‘chasidagi uyda yong‘in sodir bo‘lgan, uni bartaraf qilish vaqtida 4 yoshli boshsiz qiz jasadi topilgan. Vahshiy qotillikda gumon qilinib qizchaning enagasi hibsga olingan. Ayol bolaning boshini o‘zi bilan olib ketib, "Oktyabrskoye pole" metrosi stansiyasining o‘tish joyida qo‘lida uni olib yurguncha, o‘zini portlatishi bilan tahqid qilgan. Guvohlarning aytishicha, ayol qora rangli xijobda bo‘lgan va arab tilidagi diniy shiorlarni baqirib aytgan.

Tergov ayol qonida psixotrop moddalar yoki giyohvand moddalar borligini tekshirmoqda. Ayolga nisbatan uning aqli rasoligini tekshirish bo‘yicha kompleks ruhiy ekspertiza o‘tkazilishi belgilandi.