Iqtisodiyot | 16:19 / 29.02.2016
4365
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi qariyb 2856 so‘mdan oshdi

O‘zbekiston Markaziy banki 2016 yil 1 martdan boshlab valyuta operatsiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy to‘lovlari uchun xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatlarini belgiladi.

Unga ko‘ra, 1 AQSh dollari o‘tgan haftadagi kursga nisbatan 4 so‘m 99 tiyinga oshib 2856 so‘m 64 tiyin etib belgilandi.

1 martdan e'tiboran 1 yevro qiymati 3211 so‘m 42 tiyin (23 fevraldagi kursga nisbatan 1 so‘m 67 tiyin qimmat), 1 Rossiya rubli esa 38 so‘m 4 tiyin (23 fevraldagi kursga nisbatan 1 so‘m 7 tiyin qimmat) etib belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, valyutalar qiymatini belgilash chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.