Jahon | 18:42 / 02.03.2016
14688
1 daqiqa o‘qiladi

Malavida jodugarlikda gumon qilingan yetti kishi tiriklay yoqib yuborildi

Malavida olomon jodugarlikda gumon qilingan yetti kishini tiriklayin yoqib yubordi. Bu haqda 2 mart kuni Le Figaro nashri xabar berdi.

Bu ishni amalga oshirgan jinoyatchilar qurbonlarining uyida mahalliy e'tiqodga ko‘ra jodugarlik amallarini bajarishda qo‘llanadigan inson suyaklari topishgani uchun ularni o‘ldirishgan.

"Ular yoqib yuborilgan odamlarni inson suyaklari savdosi bilan shug‘ullanishda gumon qilgan va shu sababli ham ularni yoqib yuborgan", deydi Malavi janubidagi Nsane okrugi politsiyasi vakili.

Qayd etilishicha, mintaqadagi boshqa davlatlarda (masalan Nigeriyada) ham jodugarlikning shu va shunga o‘xshash ko‘rinishlari uchun odamlarning yoqib yuborilishi uchrab turadi. Ba'zi mamlakatlarda esa jodugarligi isbotlangan shaxslarga o‘lim jazosi yoki umrbod qamoq tayinlanadi.