O‘zbekiston | 21:48 / 04.03.2016
10593
1 daqiqa o‘qiladi

Aziz Abduxakimov O‘zbekiston mehnat vaziri etib tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 2016 yil 4 martdagi PQ-2504 sonli farmoni bilan Aziz Abduxakimov mehnat vaziri etib tayinlandi. Mehnat vazirligi Islom Karimovning 22 fevraldagi farmoni bilan Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi negizida tashkil etilgandi.

Abduxakimov Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligini 2014 yil yozidan beri boshqarib kelgan. 2012 yil noyabridan Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi, 2010 yil martidan Davlat mulkini boshqarish davlat qo‘mitasi raisi bo‘lib ishlagan.