Sport | 18:11 / 04.03.2016
6695
2 daqiqa o‘qiladi

RFI Alisher Usmonov bilan qarzni restrukturizatsiya qilish haqida kelishib oldi

Rossiya futbol ittifoqi bugun bo‘lib o‘tayotgan yig‘ilish chog‘ida tadbirkor Alisher Usmonov bilan qarzni restrukturizatsiya qilish (qarzni to‘lash muddatini va qarz shartlarini qayta ko‘rib chiqish) haqida kelishib oldi.

Usmonov Rossiya terma jamoasining bosh murabbiy Fabio Kapelloga maosh to‘lashi uchun RFIga 2015 yilning fevralida 400 mln rubl, iyun oyida esa 300 mln rubl miqdorida qarz (zayom) bergandi.

«RFI prezidenti Vitaliy Mutko o‘tkazgan muzokaralar yakunlari bo‘yicha Alisher Usmonov oldidagi qarzni restrukturizatsiya qilishga muvaffaq bo‘ldik.

RFI "tamg‘alangan pullar" prinsipi bo‘yicha ish tutdi. Afsuski bu prinsip avvalroq amalda emasdi. Agar pullar to‘liq maqsadli dastur uchun yo‘naltirilsa - murabbiylarni yoki ayollar futbolini qo‘llab-quvvatlash uchun dasturga yo‘naltirilsa, bu pullar "tamg‘alangan pullar" hisoblanadi va bunday mablag‘larni boshqa maqsadda ishlatish mumkin bo‘lmaydi», — dedi RFI bosh direktori Aleksandr Alayev.