Jamiyat | 12:09 / 05.03.2016
20685
1 daqiqa o‘qiladi

Ulug‘bek Qodirov qoni to‘kilgani sabab institutga kirmoqchi bo‘lganligini aytdi

Taniqli o‘zbek kinoaktyori Ulug‘bek Qodirov ayollar bayrami munosabati bilan o‘z onasi haqida gapirib o‘tdi.

“Yodimda, onajonim xarid qilgan yangi tuflida yigitlar bilan aylangani borganmiz. Yangi poyabzal oyoqlarimni g‘ajib, qonatib tashlasa ham, chekinmay, o‘sha paytdagi Teatr va rassomchilik institutigacha borganman. Keyin uyga kelib, “Onajon, ana shu oliygohga kiraman”, deganimda, volidam hayrat bilan “Nimaga?”, deganlar. “Axir qonim o‘sha dargoh darvozasi ostida to‘kildi”, deb hazillashgan edim.

Aktyor o‘z yutuqlarida onasining xizmati beqiyos ekanini aytib, “aktyorlikda nimaiki topgan bo‘lsam, volidamning muqaddas fotihalari, duolari sabab”, deya fikr bildirgan.