Jamiyat | 18:56 / 05.03.2016
14323
1 daqiqa o‘qiladi
Zebo Navro‘zova bayramga Shohruxxondan qanday sovg‘a kutayotganini aytdi
Kinorejissyor, aktrisa Zebo Navro‘zova o‘g‘li xonanda Shohruxxondan 8 mart bayramiga qanday sovg‘a kutishi haqida gapirdi.
“Darakchi” nashriga bergan intervyusida “Bu yilgi bayramda Shohruxxondan katta sovg‘a kutayapman. U mening uzoq yillik orzuimni amalga oshirishini istayman. Agar u “Onajon, nihoyat sizga kelin topdim”, desa, bayramda mendan baxtli inson bo‘lmasdi”, deb gapirgan.
Eslatib o‘tamiz, 23-26 may kunlari Shohruxxonning “Yulduzlar” nomli konsert dasturi bo‘lib o‘tadi.