Iqtisodiyot | 23:39 / 08.03.2016
5881
2 daqiqa o‘qiladi

Kuvayt: neft ishlab chiqaruvchi davlatlarning kelishuvi neft narxining 20-30 dollarga oshishiga olib kelishi mumkin

Agar neft ishlab chiqaruvchi davlatlar uchrashuv o‘tkazib, yakuniy kelishuvga erishsalar, neft narxi yana 20-30 dollarga ko‘tarilishi mumkin. Biroq, Kuvaytning OPeKdagi milliy vakili Muhammad ash-Shattiyning fikricha, ayni vaqtda voqealar rivojlanishining bir nechta, jumladan salbiy variantlari ham mavjud.

"Barchasi ishtirokchilar bozorga nima deb javob berishiga bog‘liq", deb aytdi ash-Shattiy TASS axborot agentligiga bergan intervyusida. Uning aytishicha, bozor OPeKka kiruvchi Saudiya Arabistoni, Qatar, Venesuela neft vazirlari va Rossiya energetika vazirining uchrashuviga ijobiy javob berdi. "Narxlar 10 dollar, hattoki undan ko‘proqqa oshib ketdi. Keyingi uchrashuvgacha bozor qoniqarli darajada va keyingi yig‘ilish natijalariga ko‘ra reaksiya bildiriladi", deb ta'kidladi ash-Shattiy. Ash-Shattiyning fikricha, agar navbatdagi muzokaralar bo‘lib o‘tsa va unda muayyan qaror qabul qilinsa, neft bozori ishtirokchilariga bu qaror barqarorlashish jarayoniga ta'sir qilish-qilmasligini anglash uchun vaqt talab etiladi. "Narxlar yana 20-30 dollarga oshishi mumkin", deb aytdi ekspert. Aks holda, neft narxi keyingi qadam qabul qilinmaguncha saqlanab qolishi mumkin. "Agar uchrashuv bo‘lmasa, narxlar tushib ketishi mumkin", deb xulosa qildi ash-Shattiy.