Jamiyat | 07:37 / 10.03.2016
6669
1 daqiqa o‘qiladi

Ozarbayjonlik yigit o‘z qallig‘ini KamAZlardan iborat to‘y korteji bilan hayratlantirdi

Ozarbayjonlik yigit o‘zining qallig‘ini 9 ta KamAZdan iborat to‘y korteji bilan hayratlantirdi. Qiz Lenkoran tumanidagi Shirinsu qishlog‘ining aholisi kabi bo‘lajak turmush o‘rtog‘ining bu tuhfasini munosib baholadi.

Tog‘ yo‘llaridan borayotgan bayramona bezatilgan yuk mashinalaridan iborat kortej videoga olinib,  YouTube’ga joylashtirildi. Bu rolik "KamAZ" kompaniyasida ham iliq qarshilandi.

Internetda xitga aylangan videoga ko‘plab izohlar qoldirildi.

"Umringiz "KamAZ" kabi mustahkam va bardoshli bo‘lsin. Baxtli bo‘ling!", deb tilak bildirib qoldilar foydalanuvchilar.

OAV ma'lumotlariga ko‘ra, bu fikr yuk mashinasi haydovchisi bo‘lib ishlaydigan kuyov Ilkinning o‘zidan chiqqan. Mashinani tasmalar, bantchalar va yurakchalar bilan bezashda unga do‘stlari va yaqinlari yordam berishdi.