Sport | 20:31 / 13.03.2016
2224
1 daqiqa o‘qiladi

Xorvatiyalik tennischi raketka bilan o‘zining yuzini yorib oldi

Xorvatiyalik tennischi Ivan Dodig germaniyalik tennischi Aleksandr Zverev bilan ATP’ning Indian-Uellsdagi musobaqasining birinchi bosqichida uchrashdi.

Uchrashuvning epizodlaridan birida xorvatiyalik tennischi qoqilib tushib, o‘zining raketkasiga yuzi bilan urildi. Oqibatda uning ko‘z osti yorilgan.

Ko‘pchilikda Zverevning bu holatga munosabati hayrat uyg‘otdi. Germaniyalik tennischi yuz bergan holatdan taajjublangandek yuzini qo‘li bilan berkitib olgan.

Keyinroq Zverev Dodig yuzini shikastlab olganini ko‘rmaganini tan olgan.

Oxir-oqibat xorvatiyalik uchrashuvni 6:3, 5:7, 3:6 hisobida yutqazdi.