Fan-texnika | 10:03 / 15.03.2016
2664
1 daqiqa o‘qiladi

Kaliforniya kompaniyasi oddiy yozuv qo‘llanmalarini chizuvchi robot yaratdi

Kaliforniyaning noan'anaviy qurilmalarning kichik qismlarini ishlab chiqaruvchi va qayta yaratuvchi Evil Mad Scientist oilaviy kompaniyasi turli xil yozuv suratlarini qog‘ozga tushirishga qodir mashinani yaratdi. Bu haqida Gizmodo xabar berdi.

AxiDraw nomini olgan mashinaning narxi – 450 dollar. Uning og‘irligi 1,8 kilogrammga yaqin bo‘lib, mashina marker, rangli ruchkalar yoki qalam yordamida A4 shakldagi qog‘ozga chiza oladi.

Robot yaratayotgan suratlar Inkscape vektorli grafika (vektor tasvirlar formulalar orqali berilib, ularning sifati masshtab qanday bo‘lishidan qat'i nazar o‘zgarmaydi) muharririga yetkazib berilmoqda.

Tizim tayyor andozalar yordamida nafaqat kalligrafik yozuvlarni ko‘chira oladi, balki hujjatlarda imzolar ham qoldira olish xususiyatiga ega.

Bundan tashqari, mualliflar ushbu qurilma orqali tabriknomalar, rasmlar yoki pishiriqlarni bezash mumkinligini qayd etishdi.