Jahon | 18:22 / 22.03.2016
1753
1 daqiqa o‘qiladi

Mogerini Bryusseldagi teraktlar bo‘yicha matbuot anjumani chog‘ida yig‘lab yubordi

Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar bo‘yicha oliy vakili Federika Mogerini Bryusseldagi teraktlar munosabati bilan tashkil qilingan matbuot anjumani vaqtida yig‘lab yubordi.

Natijada tadbir to‘xtatib qo‘yildi.

Mogerinining chiqishi Euronews telekanali orqali translyatsiya qilinayotgan edi. Matbuot anjumanida u Bryusseldagi voqealar haqida bayonot berishi kutilayotgan edi. Ammo u nutqini boshlashi bilanoq yig‘lashni boshladi va tadbirni tark etdi.

Yevropa markazida terakt. Belgiya fojiasi. Onlayn