Fan-texnika | 21:27 / 28.03.2016
2580
2 daqiqa o‘qiladi

Daraxt atrofida quvur shaklidagi ajoyib shishali uy quriladi

Qozog‘istonlik arxitektor Aybek Almasov daraxtlarning insonlar tomonidan yo‘q qilinishiga qarshi g‘oyani o‘zida aks ettirgan shishali daraxt uyning loyihasini taqdim etdi.

Mazkur loyiha 2013 yilda sarmoyadorlar tomonidan mablag‘ to‘xtatilgandan so‘ng amalga oshmay qolgan. Ayni damda shisha va quyosh panellari ishlab chiqaruvchilari “A. Masow Architects” kompaniyasining “Uy ichidagi daraxt” loyihasiga qiziqish bildirishmoqda va yaqin orada amalga oshishi ham mumkin.

“Bundan ikki yil avval men zararsiz va tabiatga juda yaqin bo‘lgan uy loyihasini yaratdim. Men tabiatni hurmat qilaman, u bizni boqadi lekin biz uni vayron qilmoqdamiz”, - deydi Aybek Almasov Bored Panda nashriga.

“Men o‘rmonlarning yo‘q bo‘lib ketish xavfini oldini olish maqsadida bu muammoga yechim qidirdim. Axir biz tabiat bilan uyg‘unlikda yashashimiz lozim. Shuning uchun, men daraxt atrofida ajoyib quvur shaklidagi shisha uyni yaratdim”, - deb davom ettirdi Almasov.

Достонбек Матёкубов
Tayyorlagan Достонбек Матёкубов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish