Fan-texnika | 15:43 / 02.04.2016
4137
1 daqiqa o‘qiladi

Britaniyalik talabalar 3D-printerda transformer ko‘ylaklar yaratishdi

Britaniyadagi Xartfordshir universiteti talabalari 3D-printer yordamida yaratilgan liboslar kolleksiyasini namoyish qilishdi. Liboslarning o‘ziga xosligi shundaki, ularni tayyor holatida ham ko‘rinishi va o‘lchamini o‘zgartirsa bo‘ladi, deb xabar beradi WWD.

Universitet dekan o‘rinbosari Shon Borstrokning so‘zlariga ko‘ra, u yerda anchadan beri moda va zamonaviy texnologiyalar bilan hamohang nimadir yaratish rejalashtirilgan edi.

Kolleksiyaga turli rangdagi 8 ta ko‘ylak kiritildi. Ko‘ylaklarni yaratishga ketgan vaqt ularning bichimi murakkabligiga bog‘liq. Masalan, bir ko‘ylakni yaratish uchun 62 soat vaqt sarflandi. Liboslarning narxi xali ma'lum qilinmadi.

Mashhur brendlar libos yaratishda zamonaviy ilm-fan yutuqlaridan ko‘p foydalanadilar. Misol uchun, Adidas 3D-printerdan chiqqan krossovkalar ishlab chiqardi, Faraday firmasi esa elektromagnit to‘lqinlardan himoya qiluvchi libos yaratdi.