Fan-texnika | 23:45 / 03.04.2016
2113
2 daqiqa o‘qiladi

LG G5 sotuvning ilk kunlaridanoq a'lo natijani ko‘rsatmoqda

LG G5 flagman smartfoni Janubiy Koreyada sotuvga chiqarildi. Ma'lumotlarga ko‘ra, u avvalgi model LG G4 smartfoniga nisbatan uch marta yaxshiroq sotilmoqda. The Korea Herald nashrining axborotiga ko‘ra, LG sotuvning birinchi kunidayoq 15000ta G5 smartfonini sotishga muvaffaq bo‘lgan. LG G4 smartfonlari esa ilk sotuvlar vaqtida 5 mingga yaqin sotilgan. Bozor tahlilchilarining fikricha, LG butun dunyo bo‘ylab LG G3 kabi 10 millionlab yangi qurilma nusxalarini ishlab chiqarishga qodir. 

Yangi smartfonning yuqori darajada mashhurlikka erishgani sababini uzoq muhokama qilish mumkin. Biroq uning eng ajralib turuvchi jihatlari – smartfonning noodatiy modulli dizayni va aksessuarlar hamda LG Friends periferiyasining keng to‘plamga egaligi. Yaqin kunlarda LG G5 Koreyaning ikkinchi yirik operatori sifatida yana 1-2 mingga yaqin qurilmalarni sotish imkoniyatiga ega bo‘lgan holda elektron bozorga qo‘yiladi.

Xabar qilinishicha, LGning mahalliy bo‘linmalari smartfonlarni to‘xtovsiz ishlab chiqarish uchun 24 soatli ish tartibiga o‘tgan. Galaxy S7 va S7 Edge smartfonlari birinchi 48 soat ichida o‘z yurtida 100 mingga yaqin sotilgan.