Jahon | 20:16 / 04.04.2016
2112
2 daqiqa o‘qiladi

Ozarbayjon TIV BMT va NATO bosh kotiblariga murojaatnoma yubordi

Ozarbayjon tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Hikmat Gajiyevning ma'lum qilishicha, rasmiy Boku Tog‘li Qorabog‘dagi vaziyat yuzasidan, BMT va NATO bosh kotiblariga murojaat qilgan. Bu haqda, RIA «Novosti» axborot agentligi xabar qilmoqda.

Murojaatnoma, mamlakat tashqi ishlar vaziri Elmar Mamediyorov tomonidan, YeXHTning Minsk guruhi, MDH davlatlari hamda YeIning tashqi aloqalar komissari Federike Mogeriniga ham jo‘natilgan. Unda, Armaniston qurolli kuchlari Ozarbayjon chegara hududlaridagi aholi turar-joylarini doimiy ravishda o‘qqa tutayotgani va tinch aholi vakillari qurbon bo‘layotgani ta'kidlangan.

Gajiyevning so‘zlariga ko‘ra, Ozarbayjon tomoni BMT Xavfsizlik kengashining rezolyutsiyasi so‘zsiz bajarilishi zarurligini ma'qullaydi. Unga binoan, «bosib olingan hududlar hech qanday shartlarsiz tark etilishi lozim».

Bundan avval, Ozarbayjon, mamlakat hududiy yaxlitligini tiklash va ozod etish bo‘yicha Armanistonga o‘z talablarini qo‘ygani xabar qilingan edi.