Jamiyat | 19:45 / 06.04.2016
2308
1 daqiqa o‘qiladi
Yetim hayvonchaga uch kunlik enaga izlanmoqda
Tourism Tasmania sayyohlik tashkiloti Derek laqabli vombatga uch kun davomida g‘amxo‘rlik qiladigan odam qidirmoqda.
Tasmaniyaning shimoli-sharqidagi Flindes orolida istiqomat qiluvchi mitti Derekning onasi avtomobil avariyasida halok bo‘ldi. O‘sha paytda Derek uning xaltasida bo‘lgan.
Derekni zooekspert Keyt Muni topib olgan va unga g‘amxo‘rlik qiladi.
Uch kunlik enaga tanloviga faqatgina voyaga yetgan Avstraliya fuqarolarining nomzodlari qabul qilinadi. Tanlovdan o‘tganlarga orolgacha ikkita chipta, yashash va mashina xarajatlari to‘lab beriladi.
Vombat – Avstraliyada yashaydigan qopchiqlilar turiga mansub, ko‘rinishi kichik ayiqni eslatuvchi hayvon.